Ramzan Qodirov o‘ziga o‘zi Checheniston Qahramoni unvonini berdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga 1-sonli Checheniston Qahramoni unvoni berildi. Bu haqda viloyat parlamenti raisi Magomed Daudov ma’lum qildi.
«Checheniston Respublikasi parlamenti deputatlari nomidan va shaxsan o‘z nomimdan sizni respublikaning eng oliy unvoni – 1-sonli Checheniston Respublikasi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman», — deb yozdi Daudov.
Avvalroq, Checheniston parlamenti respublika konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va mintaqa rahbari Ramzan Qodirov lavozimiga «Mexan Da» (xalq otasi) unvonini qo‘shishni taklif qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter