Ramzan Qodirov uchinchi marta general bo‘ldi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Putin unga general-polkovnik unvonini bergani bilan maqtandi.
«Rossiya prezidenti menga general-polkovnik unvonini berdi. Farmon 709-son bilan chiqqan. Vladimir Vladimirovich bu haqda shaxsan xabar berib, meni tabrikladi», — deb yozdi Qodirov o‘z telegram-kanalida.
Bugun Ramzan Qodirovning tug‘ilgan kuni — 46 yoshini qarshiladi.
BBC internetdagi ochiq ma’lumotlarga asoslanib yozishicha, Ramzan Qodirovga 33 yoshida (2009-yili) militsiya gerenal-mayori unvoni berilgan. 2020-yilda u Rosgvardiyaga o‘tib, general-mayor unvonini saqlab qoldi, Ukrainada urush boshlanganidan bir oy o‘tib general-leytenantga aylandi.
Endi u — general-polkovnik. Bundan ham katta bitta unvon qoldi — armiya generali.
Ekspertlarning fikricha, Ramzan Qodirov general-polkovnik unvoniga loyiq topilishi — Putin armiya generallari (umuman, armiyaga nisbatan) unga ko‘proq ishonishi belgisidir. Qodirov armiya generallarini ayovsiz tanqid qilganidan keyin unga unvon berilishi ostida ham ko‘p ma’no bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter