Ramzan Qodirov Rossiyada prezidentlik saylovlarini bekor qilishni taklif qildi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini vaqtincha bekor qilishni yoki uni bir nomzod – Vladimir Putin bilan o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda u Grozniy markazida Putin tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlangan mitingda aytdi.
«Men hozir, harbiy amaliyot davom etayotgan vaqtda, saylovga bitta nomzod qo‘yilishini taklif qilaman — Vladimir Vladimirovich Putin. Yoki saylovlarni vaqtincha bekor qiling, chunki bugun mamlakatimizni himoya qila oladigan boshqa odam yo‘q», — degan Qodirov.
Ma’lumot uchun, Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024 yilda o‘tkazilishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter