Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov «qora ro‘yxat»ga tushdi

Ramzan Qodirov «qora ro‘yxat»ga tushdi

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo dushanba kuni AQSh Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning oila a’zolariga inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzganliklari uchun viza sanksiyalarini kiritishini ma’lum qilgan.

Bu haqda «TASS» xabar qildi.

«Ramzan Qodirovga nisbatan inson huquqlarini buzish bo‘yicha ayblovlarini sudda isbotlashi kerak, aks holda bu tuhmatdan boshqa narsa emas»,- dedi Rossiya Davlat dumasi (parlamentning quyi palatasi) tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Leonid Slutskiy.

Rasmiy Kreml pozitsiyasini himoya qiluvchi jurnalistlar Qodirovga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni uning «vatanparvarlik pozitsiyasi» bilan bog‘laganlar.

«AQShning Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning oila a’zolariga nisbatan shaxsiy sanksiyalarining qo‘llanilishi Amerika ma’muriyatining yana bir befarq qadamidir. Uni qora ro‘yxatga olish sabablari asossiz», dedi Slutskiy.

Cheklovlar AQSh hukumati tomonidan korrupsiya va inson huquqlari buzilishlariga aloqador deb ko‘rilgan odamlarning mamlakatga kirishini taqiqlovchi qonunga muvofiq qo‘llaniladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring