Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov Putin bilan bog‘liq holatga munosabat bildirdi

Ramzan Qodirov Putin bilan bog‘liq holatga munosabat bildirdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Gaaga Xalqaro jinoiy sudini (XJS) mustaqil maqomini yo‘qotganlikda aybladi. Bu haqda u Telegramda yozdi.

«Xalqaro sud mustaqil maqomga ega emasligini, xorijdagi xo‘jayinning buyrug‘ini bajarishga shoshilganini ko‘rsatdi», — degan Qodirov.

Shuningdek, u mustaqillik va xolislikni yo‘qotishda boshqa tashkilotlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi, NATO va BMTni ham aybladi.

Eslatib o‘tamiz, Gaagada joylashgan Xalqaro jinoiy sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsman Mariya Lvova Belovoni hibsga olishga order bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring