Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov Moskvaga keltirildi: koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin

Ramzan Qodirov Moskvaga keltirildi: koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin

Foto: RBK

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov koronavirusni yuqtirib olganlikda gumon qilinyapti.

U Moskvadagi eng yaxshi klinikalardan biriga yotqizilgan.

Qodirov betoblikning ilk alomatlaridan bir necha kun avval shikoyat qilgan. Keyinchalik uning ahvoli juda tez og‘irlasha boshlagani uchun vrachlar Moskvaga olib borish kerakligini tavsiya etishgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirovning o‘pkasi kasallangan, ammo koronavirusni yuqtirgani haqida hozircha tashxis qo‘yilmagan.

Ma’lumot uchun: Rossiyada koronavirusni yuqtirish holatlari 317 554 taga yetdi, sog‘ayganlar — 92 681 nafar, qurbonlar— 3 099 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring