Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazon oyida masjidga kelganlarni o‘marib yurgan shaxs qo‘lga olindi

Ramazon oyida masjidga kelganlarni o‘marib yurgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Tergov departamenti

Joriy yilning 18-aprel kuni soat 21:00 larda muqaddam sudlangan 47 yoshli P.Sh. o‘zgani mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Yakkasaroy tumanidagi «Usmon Bin Ma’zun» masjidiga kiradi.

Masjidning tahoratxonasida 31 yoshli S.M., 20 yoshli R.Z. va 22 yoshli U.O‘.larga tegishli bo‘lgan kiyimlarni yashirin ravishda egallab, masjiddan chiqib ketayotgan vaqtida, ushbu hududda xizmatni olib borayotgan Yakkasaroy tuman IIO FMB xodimlari tomonidan ushlanadi.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan P.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25,169-modda 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, P.Sh. joriy yilning 15 mart kuni ham yuqoridagi ko‘rsatilgan masjidining tahoratxonasida 26 yoshli S.Sh.ga tegishli narxi 4.000.000 so‘mlik «Samsung A51» rusumli telefon apparatini o‘g‘irlagan va uni Yakkasaroy tumanida joylashgan «Askiya» dehqon bozoriga borib, 500.000 so‘m pul evaziga o‘ziga noma’lum bo‘lgan shaxsga sotib yuborgan.

Hozirda P.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzdagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Tergov davomida ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilib, yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring