Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazon hayiti nishonlanadigan sana ma’lum qilindi

Ramazon hayiti nishonlanadigan sana ma’lum qilindi

Foto: «Vakillik.uz»

Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5 iyun chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda qabul qilingan Prezident Farmoniga muvofiq, 1-iyun – shanba 6-iyun – payshanbaga ko‘chirilgan edi.

Shunga ko‘ra, 2019-yil 5 va 6-iyun kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring