Ramazon hayiti kuni jamoat transporti bepul bo‘ladi
Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni (10-aprel) respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 13:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasida Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda o‘tkazishga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Hayit namozi kuni jamoat transporti tonggi soat 4:00dan faoliyatini boshlaydi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi avval 10-aprel Ramazon hayitiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgandi. Namoz vaqtlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter