Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyoshdagi chaqnashlar Yerga xavf solmaydi(mi?)

Quyoshdagi chaqnashlar Yerga xavf solmaydi(mi?)

Bu haqda fizika-matematika fanlari doktorlari Igor Chashay va Sergey Bogachev «Sekret firmi» jurnaliga ma’lum qildi. Kelgusi bir yarim yil ichida quyosh faolligi oshadi, bu esa gaz chiqindilarini ko‘paytiradi. Shu bois quyoshda katta-katta chaqnashlar yuz beradi.  

Mutaxassislarning fikricha, quyosh faolligining oshishi 11 yillik sikl doirasida taxminan yana bir yarim yil davom etadi. Keyin yana bir yarim yil davomida quyosh inersiyasi yuqori darajada bo‘ladi. Shu munosabat bilan quyoshdagi chaqnashlar soni ham ortadi. 2027–2028-yillarda faollik sezilarli darajada kamayadi va 2029–2030-yillarga kelib u deyarli nolga tushadi.

Quyosh chaqnashlari magnit bo‘ronlarini keltirib chiqaradi, bu esa ob-havo o‘zgarishiga sezgir odamlar sog‘lig‘iga ta’sir qiladi. Umuman olganda quyoshdagi chaqinlar bizning sayyoramizga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Quyosh va Yer milliardlab yillar davomida siklik faoliyat rejimida mavjud.

Ma’lumot uchun: yaqinda Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi 2-yanvardan 22-yanvargacha quyosh chaqnashlari kutilmasligini bashorat qilgan edi. Ammo 23-, 24- va 26-yanvar kunlari magnit bo‘roni bo‘lish ehtimoli bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring