Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi – bu uning umrini qisqartiradi
29-noyabr, yakshanba kuni Quyosh so‘nggi uch yil ichidagi eng kuchli chaqnashni boshdan kechirdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Fizika instituti Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi olimlari xabar qildi, deb yozadi «RIA Novosti».
Quyoshdagi bu yong‘inga M4.4, ya’ni mumkin bo‘lgan besh darajadan to‘rtinchisi berilganligi ta’kidlangan.
«So‘nggi marta Quyoshda bu va undan ulkan alangalanish faqat 2017 yilning kuzida qayd etilgan», - deya ta’kidladi laboratoriya.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, portlash Quyoshning Yerga qarama-qarshi tomonida sodir bo‘lganligi sababli portlashning haqiqiy kuchi yerga qattiq ta’sir qilmagan.
Quyoshning bu kabi massa yo‘qotib borishi uning umrini qisqarishiga olib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter