Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qur’oni karimni nima maqsadda o‘zgartirishmoqchi?

Qur’oni karimni nima maqsadda o‘zgartirishmoqchi?

Foto:«Islam-today.ru»

«La Parisien» gazetasida chop etilgan e’londa zo‘ravonlik va yahudiy dushmanligini targ‘ib qilgani uchun ayrim oyatlarni Qur’oni karimdan chiqarib tashlash yuzasidan bildirilgan takliflar jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘layapti. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Fransiyada sobiq prezident Nikolas Sarkozi, sobiq uch vazir hamda yahudiy va xristian jamoati vakillari, yozuvchilardan iborat jami 300 kishining imzosi bilan chop etilgan takliflarni Fransiya islom kengashi (CFCM) boshlig‘i Ahmad O‘g‘rash jiddiy tanqid qildi.

«Inkvizitsiya (xristianlikka qarshi kurashish) davrida aynan musulmonlar Qur’oni karim oyatlariga tayanib Yevropani qutqarishgan. Nahotki, bu tarixiy haqiqat ayrim mulozimlarning esidan chiqqan bo‘lsa?!»,– degan Ahmad O‘g‘rash.

Fransiya musulmonlari kengashi bosh kotibi Muhammad Bajrafil ham: «Bu holat musulmonlarga qarshi qaratilgan. U hurmat va e’tibordan mutlaqo yiroq», – degan.

Ayrim musulmon siyosatchilar Fransiyaning bu xatti-harakatini IShID terrorchi guruhi a’zolarining  qiliqlariga o‘xshatishmoqda. Xudkushlar ham Qur’oni karim oyatlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lishgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring