Qur’on musobaqasi g‘oliblari Umra safariga jo‘nab ketishdi
Joriy yilning 6-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportidan «Qur’on musobaqasi – 2018» g‘oliblari va ularning oila a’zolari Toshkent – Jidda aviareysi orqali Umra safariga jo‘nab ketishdi, deb xabar bermoqda Toshkent islom instiuti rasmiy sayti.
Xabarda qayd etilishicha, Qur’on musobaqasi mukofoti asosida 30 kishi safarga otlangan bo‘lib, ular 16 erkak va 14 ayolni tashkil etadi. Umra safari 10 kun davom etib, ziyoratchilar 16-iyun kuni Toshkentga qaytishlari rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Qur’on musobaqasi – 2018» O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan tashkil etilgan edi. Toshkent islom institutining uch nafar talabasi mazkur musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter