Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» Qashqadaryoda gaz qazib chiqarilishi va qurilish-montaj ishlari holatini o‘rganmoqda

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» Qashqadaryoda gaz qazib chiqarilishi va qurilish-montaj ishlari holatini o‘rganmoqda

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi faoliyat yuritayotgan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uglevodorod qazib chiqarish, quduqlarni burg‘ilash va texnologik ob’yektlarni ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan geologik-texnik chora-tadbirlar hamda ularning samaradorligini baholash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlarning ikkinchi kunida Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari «Dengizko‘l» konida bo‘lib u yerda «Enter Engeeniring» kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan siquv kompressor stansiyasining 2-navbatini ishga tushirishga qaratilgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Qurilish maydonida Pudratchi kompaniyaning hududiy ish boshqaruvchilari bilan loyihani tezlashtirib ishga tushirishdagi mavjud muammolar muhokama qilinib qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tarmoq grafigi ishlab chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tezkor muddatlar belgilab olindi.

Shu yerda ushbu hududdagi «Dengizko‘l» suv ko‘tarilishining oldini olish maqsadida ko‘l qirg‘og‘ini ko‘tarib band qilish masalasi joyidan o‘rganilib zarur vazifalar belgilab olindi.

Shu bilan birgalikda, qazib chiqarishni ko‘paytirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan geologo-texnik chora-tadbirlar bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar muhokamasi ham o‘tkazildi va texnologik tadbirlar doirasida tegirmon guruhi konlarini o‘zlashtirish uchun mavjud ichki imkoniyatlardan foydalanilib 33 km uzunlikdagi gaz quvurini qurish loyihasi muhokama qilindi va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ko‘rsatmalar berildi.

«Neftgazmontaj» MChJ rahbariyatiga gaz quvurlarida olib borilayotgan qurilish ishlarini qisqa muddatlarda tugatish choralarini ko‘rish buyicha tegishli topshiriqlar berildi.

«Tegirmon» konlari guruhidagi -4, -12, -13 va 7-sonli hamda «Istiqbol» maydonidagi 1-sonli izlov quduqlarda olib borilayotgan burg‘ilash ishlari ish joyidan o‘rganib chiqilib, muammoli masallar batafsil muhokama qilindi va Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda tegishli departament boshliqlariga zarur ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish davomida burg‘ilash maydonlarida vaxta usulida faoliyat yuritayotgan ishchilarning yashash sharoitlari ham ko‘zdan kechirilib mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring