Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurg‘oqchilik, suv toshqinlari... so‘nggi yarim asrdagi o‘limlar soni ochiqlandi

Qurg‘oqchilik, suv toshqinlari... so‘nggi yarim asrdagi o‘limlar soni ochiqlandi

Foto: «Emaze.com»

BMTning ixtisoslashgan Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) ma’lum qilishicha, so‘nggi yarim asrda eng ko‘p o‘lim keltirgan tabiiy ofat — qurg‘oqchilikdir. Bu haqda «Rossaprimavera» yozmoqda.

WMO ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 50 yil davomida  qurg‘oqchilik — 650 ming, dovullar — 577 ming, suv toshqinlari — 58,7 ming, havo haroratining keskin o‘zgarishlari — 55,7 ming kishining umriga zomin bo‘lgan.

Eng katta iqtisodiy zarar keltirgan ofatlar: dovullar ($521 milliard) va suv toshqinlari ($115 milliard).

«Iqlim o‘zgarishlari tufayli ob-havo, iqlim va suv bilan bog‘liq xavflar ko‘payib, keskinlashib boryapti», — dedi WMO bosh kotibi Petteri Taalas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring