Qum va shag‘alning noqonuniy qazib olinishi to‘xtatildi

Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Narpay tumanidagi xususiy korxona faoliyati tekshirildi.
Nazorat tadbiri davomida Qoradaryo daryosi hududida ushbu korxona xodimlari tomonidan 1 ta ekskavator va 4 ta yuk mashinasi yordamida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish va uni maydalash zavodiga olib ketish holati aniqlanib inspektorlar tomonidan to‘xtatildi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 2 milliard 722 million 666 ming so‘m ekanligi aniqlandi. Yig‘ilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter