Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quloqchinda musiqa tinglab uxlagan ayol eshitish qobiliyatini yo‘qotdi

Quloqchinda musiqa tinglab uxlagan ayol eshitish qobiliyatini yo‘qotdi

Xitoyda ikki yil davomida quloqchin taqib uxlab qolgan ayol eshitish qobiliyatini yo‘qotdi, deb yozadi Oddity Central.

Xitoylik ayolning so‘zlariga ko‘ra, u boshqa yo‘l bilan uxlay olmagan.

Vang ismli ayol eshitishida qiynalayotganini payqab, quloqlarini tekshirish uchun shifoxonaga bordi. To‘liq tekshiruv natijasida bemorning chap qulog‘ida doimiy nevrologik eshitish shikastlanishi borligi aniqlandi.

Shifokor ayoldan boshidan jarohat olganmi, quloqlari uzoq vaqt davomida baland tovushlarga ta’sir qilganmi, deb so‘radi. Vang ikki yil davomida har kecha quloqchinlarda musiqa tinglaganini aytdi.

«Kollejda o‘qib yurganimda musiqa bilan uxlashni yaxshi ko‘rardim. Bu ikki yil davom etdi, bu allaqachon odatga aylangan», - deydi xitoylik ayol.

Shifokorlar Vang eshitish qobiliyatini maxsus apparat yordamida  tiklashi mumkinligini qo‘shimcha qildi va odamlarga undan o‘rnak olmaslikni maslahat berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring