Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quduqqa tushib ketgan odam uch kun baqirdi – odamlar uni arvoh deb o‘yladilar va qutqarmadilar...

Quduqqa tushib ketgan odam uch kun baqirdi – odamlar uni arvoh deb o‘yladilar va qutqarmadilar...

foto: 120.su

Tailand va Myanma o‘rtasidagi chegarani qo‘riqlayotgan chegarachilar shubhali qichqiriqni eshitdilar.

Aynan mana shu 12 metr chuqurlikdagi quduqda notanish odam uch kundan beri yordam so‘rayotgandi. Erkak qutqarildi –u charchagan, ko‘plab jarohatlar olgan, shuningdek, yiqilib tushganda bilagini sindirgan edi.  

Qutqarilgan erkakka tibbiy yordam ko‘rsatildi va quduqni yopib tashlash ishlari boshlab yuborildi. Politsiya yaqin atrofdagi qishloq aholisiga ushbu voqea bilan bog‘liq savollarni berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qishloq aholisi uch kun davomida quduqdan kelayotgan qichqiriqlarni eshitishgan. Ayniqsa, ayanchli baqiriq tunda hammani bezovta qilgan. Ammo sodda va ins-jinslarga ishonadigan odamlar quduqda arvoh bezovta bo‘layapti, degan qarorga kelishdi – kim shunchalik qichqirayotganini tekshirishga jur’at etmadilar.

Har holda erkak jasur chegarachilar tufayli omon qoldi. Agar jabrlanuvchi qutqarilmaganda, kim bilsin qishloq odamlari yillar davomida quduqda arvohning ovozi eshitilishi haqidagi afsonani bir-biriga aytib yurisharmidi?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring