Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qualcomm» kompaniyasi haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni AQSh yo‘llarida sinab ko‘rishga ruxsat oldi

«Qualcomm» kompaniyasi haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni AQSh yo‘llarida sinab ko‘rishga ruxsat oldi

Avtomobil protsessorining ishlash tartibi.

Foto: «NV.ua»

Protsessorlar ishlab chiqaruvchi «Qualcomm» kompaniyasi Kaliforniya transport vositalari departamentidan haydovchisiz boshqariladigan avtomobilini 2018-yilning 12-yanvarida jamoatchilik yo‘llarida sinash uchun ruxsat oldi. Bu haqda «Engadget»ga tayanib, «NV.ua» xabar berdi.

«Qualcomm» joriy yilning kuzida haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar uchun o‘zining 9150 C-V2X nomli protsessorini taqdim etgan. U avtomobilga 4G internet va kelajakda 5G standarti orqali bog‘lanishi mumkin. Shuningdek, haydovchisiz boshqariladigan avtomobil boshqa avtomobillar va infratuzilmalar, masalan, maxsus kanal orqali svetoforlar bilan ham bog‘lana oladi. Bu turdagi chiplar o‘rnatilgan avtomobillar sensorlar orqali ma’lumot almashishi ham mumkin. Aynan ushbu protsessorni sinab ko‘rish uchun alohida ruxsat kerak bo‘ldi.

«Qualcomm» avtomobil sanoatining boshqaruv vositalari bo‘yicha vitse-prezidenti Nakul Duggalning aytishicha, kompaniya «avtonom makonda asosiy ishtirokchi»ga aylanishni maqsad qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring