Qrim va Sevastopoldagi talabalar ham istisno tariqasida o‘qishini ko‘chirishi mumkin
Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining o‘zbek talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, «hozirda Qrim hududi urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois» ularning ham o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirishda amaliy yordam so‘rashgandi.
Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ham o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter