Qozoqlar endi haqiqiy yapon mashinalarini minishadi (foto)
«Vesti» xabariga ko‘ra, ilgari Qozog‘istonga Sankt-Peterburg (Rossiya)da yig‘ilgan Toyota RAV4 mashinalari keltirilardi. Biroq endi logistika o‘zgardi.
Piterdagi zavod 2007-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, bu yerda Toyota Camry va RAV4 avtomobillari yig‘ilgan. Endi esa zavod yopilgan (nimagaligini bilasiz). Qozog‘istonga oxirgi marta fevralda mashina yuborilgan. Qolganlari ehtiyot qismlarga ajratilib sotilmoqda.
Biroq Qozog‘iston Rossiya «Toyota»lariga o‘rinbosar topdi, deyiladi xabarda.
Yangilangan Toyota RAV4 krossoverlari endi Qozog‘istonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yaponiyaning o‘zidan keltiriladi. Kompaniyaning Qozog‘istondagi vakolatxonasi shunday qarorga keldi. Yapon mashinalari Rossiyada chiqarilganidan qimmatroq, biroq o‘lchami kattaroq, opsiyalari ko‘paygan. Rang tanlash imkoniyati ham kengaygan.
Yaponiyada chiqarilgan to‘liq tortuvchi krossover 2 litrli muqobilsiz benzinli dvigatelga ega, 173 ot kuchi (oldingisi 143 ot kuchi edi)ga ega, variatorli.
Narxi: Newauto.kz ma’lumot berishicha, Toyota RAV4 avtomobillarining eng arzoni (bazaviy model, Prestige) 19 790 000 tengedan boshlanadi, top-varianti 22 990 000 tengegacha. Jami to‘rt komplektatsiyadagi modellar sotuvga qo‘yilgan: Prestige, Prestige+, Lux, Lux+.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter