Qozoq bokschisiga begona madhiya qo‘yib berishdi
Kuernavaka (Meksika)dagi boks kechasi tashkilotchilari qozog‘istonlik Sadriddin Ahmedovning jangidan avval yanglishib boshqa madhiyani qo‘yib yuborishdi.
Niderlandiyalik Stiven Dano bilan jangdan avval Ahmedov sharafiga qozoqcha o‘rniga Kanada madhiyasi yangradi, yozmoqda «Vesti.kz».
Tashkilotchilar sportchi Kanadada shug‘ullanyaptimi, demak, kanadalik degan fikrga borishgan. Holbuki, bokschi qozoqcha chopon va Qozog‘iston bayrog‘i bilan ringga ko‘tarilgandi. Albatta, u turnir tashilotchilariga noroziligini bildirdi.
Umuman olganda, jang Ahmedovning ishonchli g‘alabasi bilan yakuniga yetdi, barcha hakamlardan ochko oldi. Qolaversa, birinchi o‘rta vaznda WBA Continental, NABF va WBC Francophone chempionligi kamarlarini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter