Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonliklarga tibbiy niqob taqish tavsiya qilinmoqda

Qozog‘istonliklarga tibbiy niqob taqish tavsiya qilinmoqda

Joriy yilning yanvar oyida o‘tgan dekabrga nisbatan Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish 2,5 baravarga oshgan. Bu haqda mamlakat sanitar-epidemiolog mutaxassislari ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning dekabridagi 187 ta holatdan yanvar oyida 477 tagacha yetgan. Eng ko‘p yangi holatlar Olmaota (143) va Ostona (74) shaharlarida kuzatilgan.

«Cheklovchi choralarni joriy etish rejalashtirilmayapti. Shu bilan birga, so‘nggi bir oyda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani, O‘RVI va gripp bilan kasallanish bo‘yicha epidemiologik mavsum davom etayotganini inobatga olgan holda, tibbiy niqobdan foydalanish tavsiya etiladi. Ayniqsa, tibbiy niqobdan odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda, jamoat transportida va shifoxonalarda hamda bemor bilan muloqotda bo‘lgan joylarda foydalanish zarur», - deyiladi Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring