Tabibga yordam so‘rab borgan qozog‘istonlik noma’lum ukoldan so‘ng halok bo‘ldi
Ostonada muqobil tibbiyot bilan shug‘ullanuvchi erkak ehtiyotsizlik oqibatida qabuliga yordam so‘rab kelgan bemorni o‘ldirib qo‘ydi, deb xabar bermoqda Press.kz nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, tabib ekani aytilayotgan shaxs tegishli guvohnoma va litsenziyasiz tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan. Marhum uyqudan bosh ko‘tara olmayotganidan shikoyat qilgan. Tabib unga ukol qilgan, shundan so‘ng bemorning ahvoli yomonlashgan. Erkak hushiga kelmay vafot etgan.
Tekshiruvdan so‘ng in’yeksiya uchun ishlatilgan dori Qozog‘istonda litsenziyalanmagani aniqlangan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘limga anafilaktik shok sabab bo‘lgan. Sud hukmi bilan jinoyat sodir etgan shaxs tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan.
«Prokuratura fuqarolarni ushbu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan shaxslarga tibbiy yordam so‘ramaslikka chaqiradi», deyiladi xabarda.
Avvalroq Oqqo‘rg‘onda bemorning ota-onasidan muolaja uchun 500 dollar olgach g‘oyib bo‘lgan soxta tabib qo‘lga olingandi.
Bo‘stonliqda bemorlarning og‘ziga trubka orqali chittigul ildizi kukunini trubka orqali puflab, laringitni davolashni iddao qilgan shaxs aslida cho‘pon ekani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter