Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonlik amaldorlar bir haftada daromadlari haqida deklaratsiya topshirishlari kerak

Qozog‘istonlik amaldorlar bir haftada daromadlari haqida deklaratsiya topshirishlari kerak

Qozog‘iston rasmiylari va ularning yaqinlariga deklaratsiya topshirish uchun roppa-rosa bir hafta muhlat berildi.

Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi huzuridagi Davlat daromadlari qo‘mitasiga tayanib, Kaztag nashri xabar bermoqda.

«Umumiy deklaratsiyalashning ikkinchi bosqichida 2023 yilda 250.00-shakldagi aktivlar va majburiyatlar to‘g‘risidagi deklaratsiya davlat organlari va quyi tizim xodimlari, shu jumladan, direktorlar kengashi a’zolari, ularning turmush o‘rtoqlari tomonidan taqdim etiladi», – deyiladi rasmiy manbada.

Qo‘mitaning aniqlik kiritishicha, mamlakatda deklaratsiyani elektron shaklda topshirish muddati 2023-yil 15-sentyabrda tugaydi.

«Deklaratsiyani o‘z vaqtida topshirishga ulguring!» – deyiladi Qo‘mita chaqiruvida.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari, o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari hamda mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi kerak edi. Biroq oradan qariyb ikki yil vaqt o‘tsa ham, tegishli qonun qabul qilinmadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring