Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi

Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi

Kecha, 16-may kuni Qozog‘istonning Oqtuba viloyati hududidan o‘tuvchi Samara-Chimkent yo‘lining 824 kilometrida Toyota RAV-4  hamda o‘zbekistonlik haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Chevrolet Lacetti avtomobillari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Qozog‘iston IIVning telegramdagi rasmiy kanali bergan ma’lumotga ko‘ra, Lacetti haydovchisi va uning yonidagi o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi – ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari YTH oqibatida voqea joyida halok bo‘lishgan.

Lacetti avtomobilining 3 nafar hamda Toyota avtomobilining er-xotin hamda ularning 5 yoshli farzandlari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Ayni paytda YTH sabablari o‘rganilayotgani ma’lum qilingan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring