Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston: «Qonli yanvar» voqealarida halok bo‘lganlar ro‘yxati e’lon qilindi

Qozog‘iston: «Qonli yanvar» voqealarida halok bo‘lganlar ro‘yxati e’lon qilindi

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi yanvar voqealari chog‘ida halok bo‘lganlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda 238 kishining ism-shariflari keltirilgan.

Bu joriy yil yanvarning avvalida Qozog‘istonda ro‘y bergan «Qonli yanvar» voqealarida halok bo‘lganlarning birinchi rasmiy ro‘yxati bo‘lib, u oradan sakkiz yarim oy o‘tib ommaga oshkor qilindi. 

Vlast.kz nashrining ta’kidicha, ro‘yxatda faqat odamlarning ism-shariflari va bosh harflari ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning yoshi, yashash joyi va o‘lim holatlari ko‘rsatilmagan.

«Yanvar voqealarida 238 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Ular orasida jinoyatchilar, begunoh bo‘lgan qurbonlar ham bor. Biz har bir faktni batafsil ko‘rib chiqamiz. Hozirgacha 176 nafar shaxsning o‘limi holatlari aniqlanib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda», – deydi Bosh prokuraturaning Jinoyat surishtiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yeldos Qilimjonov.

U e’lon qilingan ro‘yxatni «dastlabkisi» deb atagan, biroq o‘lganlar haqida to‘liqroq ma’lumotlar e’lon qilinadimi yoki yo‘q, degan savolni ochiq qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar oyi boshida gaz narxining ikki baravar oshishi fonida Qozog‘istonda norozilik namoyishlari boshlangan va bu tartibsizliklarga aylanib ketgan edi. Ommaviy tartibsizliklar 7-yanvarga kelib barqarorlashganidan so‘ng mamlakatda e’lon qilingan favqulodda holat 19 yanvardan bekor qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring