Qozog‘istondagi dahshatli avariyada sakkiz o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida mikroavtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi.
«3-aprel kuni Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining Marjonbuloq qishlog‘i yaqinida O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi «Volvo» rusumli yuk avtomobili va «Toyota-Alhpard» mikroavtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda mikroavtobus haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston fuqarolari voqea joyida halok bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
IIV xabariga ko‘ra, harakatlanayotganda yuk mashinasi shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatga chiqib ketgan va u yerda to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter