Qozog‘istonda zo‘rlik bilan ushlab turilgan 10 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi
O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi mehnatidan foydalanish maqsadida majburan ushlab turilgan 10 nafar vatandoshni qutqarishda yordam so‘rab mamlakat Bosh konsulligiga murojaat qilgan. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
Bosh konsullikning murojaatchilarga tayanib xabar berishicha, bir guruh mahalliy aholi ularni zo‘ravonlik bilan qo‘rqitib, o‘z uylarida saqlagan hamda shaxsiy buyumlari va uyali telefonlarini olib qo‘ygan.
Bosh konsullik xodimlari Olmaota shahar huquq-tartibot idoralari vakillari bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolari joylashgan joyga borishgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi fuqarolar Bo‘stondiq tuman IIBga olib ketilgan.
Jinoyatchilarga nisbatan esa Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 389-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tegishli tartibda tergov tadbirlari olib borilgandan so‘ng o‘zbekistonlik fuqarolarga pasportlari va shaxsiy buyumlari qaytarilgan va 1-avgust kuni Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter