Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi mamlakat sobiq ichki ishlar vaziri Erlan Turg‘umbayevning hibsga olingani haqida xabar berdi. Bunga kamida 238 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan 2022 yil yanvaridagi voqealar yuzasidan olib borilgan tergov sabab bo‘ldi.
Prokuraturaning bildirishicha, Turg‘umbayev og‘ir oqibatlarga olib kelgan mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumon qilinmoqda.
«Jinoyat ishida davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar mavjudligini hisobga olib, dastlabki tergovning boshqa tafsilotlari oshkor etilmaydi», deyiladi prokuratura xabarida.
Yanvar voqealaridan so‘ng Turg‘umbayev Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi rahbari lavozimidan ozod etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter