Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda qullikka tushib qolgan o‘zbekistonlik uyiga qaytarildi

Qozog‘istonda qullikka tushib qolgan o‘zbekistonlik uyiga qaytarildi

Skrinshot

Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonda qullikka tushib qolgan o‘zbekistonlik fuqaro haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. 

O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Jasurbek Toshpo‘latov 2019-yilning 25-mart kuni diplomatik vakolatxonaga murojaat qilib, hisobga qo‘yib berish bahonasida olib qo‘yilgan va qaytarib berilmagan o‘zining milliy pasportini qaytarib olishida yordam ko‘rsatishni so‘ragan.

Tashqi ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, 30-mart kuni unga Vatanga qaytish guvohnomasi berilgan. Shu bilan birga u pasportining qonunga xilof tarzda olib qo‘yilgani haqida ariza bersa, mazkur masala Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi.

Shu va shunga o‘xshash boshqa holatlatdan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijga chiquvchi vatandoshlarga hech bir holatda va har qanday vajga qaramay O‘zbekiston fuqarosi pasportini begona shaxslarga bermaslik kerakligini eslatib o‘tgan.

TIV avvalroq, Xitoyda mahalliy yigitga turmushga chiqib, og‘ir ahvolda qolgan hamyurtimiz ortga qaytarilganini ma’lum qilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring