Qozog‘istonda politsiya xodimi komandirini otib qo‘ydi

Qozog‘iston politsiyasi xodimi
Qozog‘istonning G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Chapayev qishlog‘idagi tuman ichki ishlar bo‘limida serjant komandirini otib qo‘ydi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Voqea kecha, 7 sentyabrda kunning ikkinchi yarmida sodir bo‘lgan.
«Akjay tumanining Chapayev qishlog‘idagi tuman ichki ishlar bo‘limida 1994 yilda tug‘ilgan serjant 1986 yilda tug‘ilgan komandirini otib qo‘ydi», – deyiladi viloyat politsiyasining portalida.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter