Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda ofis qog‘ozi chiqaradigan zavod to‘xtab qoldi

Qozog‘istonda ofis qog‘ozi chiqaradigan zavod to‘xtab qoldi

Foto: «Tengrinews.kz»

Qozog‘istonning Chimkent shahridagi ofis qog‘ozi chiqaruvchi zavod xom ashyo ta’minotidagi uzilishlar sababli to‘xtab qoldi. Bu haqda bugun, 31 mart kuni «Xabar 24» telekanali ma’lum qildi.

Ilgari xom ashyoni Finlyandiyadan keltirgan zavod, logistika zanjiridagi uzilishlar oqibatida, ta’minotsiz qoldi. Ishlab chiqarishni to‘xtatib, davlatdan yordam so‘rayapti.

Zavod direktorining o‘rinbosari Qanot Alimbayevning aytishicha, zavod to‘liq kuch bilan ishlasa, Qozog‘iston ichki bozorining qog‘ozga bo‘lgan ehtiyojini 20 foizgacha ta’minlay oladi.

Mamlakat shu paytgacha qog‘ozga bo‘lgan ehtiyojining faqat 5 foizi bilan o‘zini o‘zi ta’minlagan. Qog‘ozning 61 foizi Rossiyadan, 30 foizi Turkiyadan, 8 foizi Xitoydan import qilingan, deyiladi Qozog‘iston sanoat vazirligi ma’lumotlarida.

Qozog‘istonda hozir ofis qog‘ozi taqchilligi kuzatilmoqda. A4 formatli qog‘oz narxi ikki va undan ko‘proq hissaga oshgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring