Video: Qozog‘istonda kuchli shamol uylarning tomini uchirdi. Bunday noqulay ob-havo O‘zbekistonga ham yaqinlashmoqda

Qozog‘istonning Kokshetau shahrida kuchli shamol natijasida ko‘pqavatli uylarning tomi uchib ketdi.
Qayd etilishicha, shaharda shamolning tezligi soniyasiga 28 metrni tashkil qilgan.
«Shamoldan 700 kvadrat metr maydondagi tom uchib tushgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Hodisa joyida tozalash ishlari olib bormoqda», deb xabar bergan mamlakat IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 8-9-aprel kunlari O‘zbekiston hududiga ham Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva oblasti) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kirishi kutilmoqda.
Xususan, Toshkentda 8-aprel kuni yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi, 8-apreldan 9-aprelga o‘tar kechasi havo harorati 0-5 darajagacha tushib ketishi), shamolning tezligi 15-20 m/s gacha, joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi va sovuq havo oqimi kuzatilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter