To‘qayev Qozog‘iston hukumatini iste’foga chiqardi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumat iste’fosi haqidagi farmonni imzoladi. Farmon Oq O‘rda saytida e’lon qilingan.
«Qozog‘iston Respublikasi hukumati to‘g‘risida Konstitutsiyaning 70-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Qozog‘iston Respublikasi hukumatining iste’fosi qabul qilinsin.
2. Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining vazifalari vaqtincha Smailov Alixan Asxanovich zimmasiga yuklansin.
3. Qozog‘iston Respublikasi hukumati a’zolari hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etadilar.
4. Mazkur farmon imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi», — deyiladi Oqorda xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter