Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda halok bo‘lganlar jasadi olib kelindi

Qozog‘istonda halok bo‘lganlar jasadi olib kelindi

Qozog‘iston Respublikasi Aktobe oblasti Algin rayoni hududida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari vataniga qaytarildi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, Hukumat farmoyishi bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari boshchiligida tashkil etilgan maxsus komissiya kecha, 4 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Aktobe oblastiga yetib bordi.

Maxsus komissiya a’zolari Qozog‘iston Respublikasining mas’ul idoralari rahbarlari bilan uchrashib, belgilangan tashkiliy va amaliy tadbirlarni hamkorlikda olib borishdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus bortida yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan fuqarolar Qozog‘iston Respublikasidan 5 aprel kuni soat 03:00 larda Surxondaryo viloyatidagi «Termiz» xalqaro aeroportiga olib kelindi.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston Respublikasi mas’ul idoralari yuzaga kelgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarni  O‘zbekistonga olib kelinishida yaqindan ko‘maklashdilar.

Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 8 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzillariga yuborilgan. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring