Qozog‘istonda COVID-19 ga chalinganlar soni 100 ming nafardan oshdi
Qo‘shni Qozog‘istonda 10-avgustdagi epidemiologik vaziyat haqida «Zakon.kz» xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Qozog‘istonda kasallikni yuqtirganlar soni bir sutkada 722 taga ko‘paygan. Shundan 348 nafar bemor — simptomli, 374 nafari simptomsiz tashuvchilar.
Qozog‘iston bo‘yicha koronavirusga chalinganlar jami soni 100 164 nafarga yetdi. Sog‘ayganlar — 73 702 nafar, vafot etganlar — 1 291 nafar.
Virus eng ko‘p qayd etilgan hududlar:
- Olmaota shahri — 13 553 (+120)
- Nursulton shahri — 13 205 (+156)
- Atirau viloyati — 10 617 (+11)
- Qarag‘anda viloyati — 9 509 (+87)
- Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 7 365 (+90)
- G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 6 366 (+51)
- Chimkent shahri — 5 114 (+7).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter