Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda ayollar uchun yana uch yo‘nalishda alohida poyezd vagonlari ajratilyapti

Qozog‘istonda ayollar uchun yana uch yo‘nalishda alohida poyezd vagonlari ajratilyapti

Yaqin kelajakda Ostonadan Olmaota, Aqto‘be va Chimkentga boradigan yo‘lovchi poyezdlarida ayollar uchun alohida vagonlar paydo bo‘ladi. Bu haqda “Qozog‘iston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu aynan shunday vagonlarda tashishga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan bog‘liq.

“Ayollar uchun alohida vagonlarga talabning ortib borayotgani munosabati bilan “Yo‘lovchi tashish” AJ o‘zining harakat geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda. Bunday vagonlar endi Ostonadan yana uchta yo‘nalishdagi poyezdlarda bo‘ladi”, – deyiladi QTJ xabarida.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda 2021-yildan boshlab ayollar uchun sinov tariqasida alohida vagonlar yo‘lga qo‘yigan edi. Ular Olmaota – Mangistau va Olmaota – Oskemen yo‘nalishidagi qatnovchi poyezdlar tarkibiga kiritilgan. Yo‘lovchilarga manzur bo‘lgani va talabning ortishi sabab keyinchalik, ya’ni 2022-yil fevral oyidan boshlab bunday vagonlar Mang‘istau – Semey, Ostona – Atirau va Pavlodar – Turkiston poyezdlarida ham paydo bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring