Qozog‘istonda avtohalokat: jarohatlangan va halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor

Qozog‘iston janubidagi Turkiston viloyatida ikki avtomobil to‘qnashuvi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi esa jarohatlandi. Bu haqda mamlakat politsiyasi matbuot xizmatiga asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.
«Mazda» yengil mashinasi «Ssang Yong» mashinasining ortiga urilgan. Natijada «Mazda» haydovchisi va ikki yo‘lovchi ayol halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlardan biri va jarohatlanganlardan olti nafari O‘zbekiston fuqarolaridir», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Mazkur hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter