Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda AES qurilishini referendum hal qiladi

Qozog‘istonda AES qurilishini referendum hal qiladi

Foto: Freepik

Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi ommaviy muhokama qilinadi. 2024-yilning 5-iyul kuni ekspertlar va fuqarolar Qarag‘anda shahrida uchrashadi.

«Ommaviy muhokamada atom sohasi ekspertlari qatnashadi. Unda fuqarolar xavfsizlik texnologiyalari va AES qurilishining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bo‘yicha o‘zlarining savollarini berishlari mumkin», — deyiladi Qarag‘anda hokimligi saytida berilgan xabarda.

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2023-yil 1-sentyabridagi murojaatida AES qurilishi masalasi umummilliy referendumda hal etilishi kerakligini aytgandi. 2024-yilning 27-iyun sanasida referendum kuz faslida o‘tishi ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring