Qozog‘istonda 26 o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobus ag‘anadi
Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida 26 o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobus ag‘anadi. Hodisa Qizilo‘rda - Pavlodar yo‘lida ro‘y bergan.
«YTH 6 mart, soat 00:15da Ekibastuz qishlog‘i hududida, Qizilo‘rda - Pavlodar yo‘lining 1160 kilometrida ro‘y bergan. Mercedes rusumli avtobus Novosibirskdan Toshkentga ketayotgan bo‘lgan.
Avtobus haydovchisi boshqaruvni uddalay olmay, yo‘ldan chiqib ketgan. O‘sha vaqtda avtobus ichida o‘zbekistonlik 26 yo‘lovchi va qozog‘istonlik ikki haydovchi bo‘lgan», — deya xabar berdi Pavlodar viloyati favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati.
Xabarda ta’kidlanishicha, 26 yo‘lovchining barchasi boshqa transportda jo‘nab ketgan, ikki haydovchi esa avtobus yonida qolgan.
«YTH ro‘y bergan joyga tibbiyot xodimlari, mahalliy politsiya va hukumat vakillari yo‘l olgan. Yo‘lovchilarning barchasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ular kasalxonaga yotishga muhtoj emasligi aniqlandi. Jabrlanganlar yo‘q», — deya xabar qilindi Pavlodar viloyati favqulodda vaziyatlar departamenti tomonidan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter