Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston va O‘zbekiston transchegarviy suvlar masalasida kelishib oladi

Qozog‘iston va O‘zbekiston transchegarviy suvlar masalasida kelishib oladi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan transchegaraviy daryolar suvini taqsimlash bo‘yicha kelishuv imzolamoqchi. Bu haqda Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov ma’lum qildi.

Nurjigitovning fikricha, 2030-yilga borib suv resurslari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylanishi kerak.

«Ushbu hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh suv oqimlaridan birgalikda foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha yangi ikki va ko‘p tomonlama shartnomalarni yaratish va amaldagilarini takomillashtirish zarur.

2024-2030 yillarga mo‘ljallangan suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida transchegaraviy suv ob’yektlarini birgalikda boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha shartnomalarni imzolash ko‘zda tutilgan.

Bu borada, shuningdek Xitoy tomoni bilan ham kelishuvlarga erishiladi», – deydi Nurjigitov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring