Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘z fuqarolari uchun yengillik yaratdi

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘z fuqarolari uchun yengillik yaratdi

Har ikki davlat (O‘zbekiston va Qozog‘iston) o‘z fuqarolarining bir birining hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddatini 5 kundan 30 kungacha oshirishdi.

Qozog‘iston Senati deputatlari 28 mart kuni bo‘lib o‘tgan palata yalpi majlisida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro sayohatlari shartlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi. Hujjat imzolash uchun prezidentga yuborildi, deb xabar bermoqda Zakon.kz nashri.

Hujjatga ko‘ra, har ikki davlat o‘z fuqarolarining bir birining hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddatini 5 kundan 30 kungacha oshirishdi.

Agar bir davlat fuqarosining ikkinchi davlat hududida bo‘lish muddati 30 kundan ortiq bo‘lsa, bu fuqaro o‘zi bo‘lib turgan davlatning vakolatli organlaridan vaqtinchalik yashash (vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish) uchun ruxsatnoma olishi shart.

Qayd etilishicha, bayonnoma ratifikatsiya qilingan taqdirda uni amalga oshirish salbiy ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi hamda davlat budjetidan qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring