Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusga chalindi
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanovning ma’lum qilishicha, u koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizilgan.
«Do‘stlar, afsuski, koronavirusga topshirgan oxirgi testim musbat chiqqanligi haqidagi noxush xabarni aytishga majbur bo‘lyapman. Afsuski, bu alomatsiz shakli emas, shu bois yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildim», — deb yozadi Birtanov «Facebook»dagi sahifasida.
Uning xabar berishicha, qat’iy sanitariya qoidalariga amal qilgan, lekin xavf-xatar doimo bo‘ladi.
«Bu, ayniqsa, masofadan turib ishlay olmaydiganlarga taalluqli. So‘nggi kunlarda qator hududlarda tadbirkorlar, korxona ishchilari, tibbiyot xodimlari, davlat xizmatchilari, OAV vakillari orasida kasallanishlar soni ko‘payganligi kuzatilmoqda. Hozirda ko‘pgina fuqarolarimiz Qozog‘istondagi pandemiya va global inqiroz asoratlari bilan bog‘liq muammolarni hal etish ustida jadal ishlamoqda. Ko‘pincha shaxsiy uchrashuvlarda qatnashishimizga, hududlarga safar qilishimizga to‘g‘ri kelyapti, shu bois bizda COVID-19 ni yuqtirish xavfi yuqoriroq», — deb ta’kidlaydi vazir.
Birtanov barcha qozog‘istonliklarni «shaxsiy karantin» qoidalariga amal qilishga chaqirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter