Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Bektanov hibsga olindi
Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov bugun, 20-fevral kuni hibsga olindi. Bu haqda «Yvision.kz» xabar berdi.
Ertalab soat 9:25 da hibsga olingan Bektanov Nursultondagi vaqtincha saqlash izolyatoriga keltirilgan.
Yaqinda mamlakat bosh prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 452-moddasi (hokimiyat harakatsizligi) bo‘yicha tergov olib borilgan. Qozog‘istonda yanvar oyi boshlarida yuz bergan voqealar payti amalga oshirilgan jinoyatlarni tergov qilish davomida mudofaa vaziri Murat Bektanov yuz berayotgan voqealardan chetda qolgan, mamlakatni himoya qilish uchun armiyani ishga solmagan, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatdagi tartibsizliklar paytidagi harakatsizligi uchun 19-yanvar kuni mudofaa vaziri Murat Bektanovni iste’foga chiqargandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter