Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari samarali muzokaralar o‘tkazib, ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
Ittifoqchilik munosabatlari va davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnomalar imzolandi. Hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy qiymati 8 milliard dollarlik hujjatlar, shartnoma va bitimlar imzolandi.
Umuman, oliy darajadagi muzokaralar kun tartibining kengligi va erishilgan kelishuvlarning ahamiyati bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochgan tarixiy voqea bo‘ldi.
Qardosh Qozog‘iston yetakchisining davlat tashrifi yakunlandi. «Toshkent» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter