Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston, KXShT, Lukashenko: ekspertlar o‘z mulohazasini bildirdi

Qozog‘iston, KXShT, Lukashenko: ekspertlar o‘z mulohazasini bildirdi

11 yanvar kuni Mass-media fondida kun tartibidagi Qozog‘iston, KXShT va Lukashenko masalalari yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Unda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Markaziy Osiyo xalqaro instituti ekspertlari ham qatnashdi, deb xabar berdi Xabar.uz muxbiri.

Muhokama avvalida qo‘shni Qozog‘iston va u yerdagi voqealarning O‘zbekistonga ta’siri o‘rtaga tashlandi. Ekspertlarga ko‘ra, qo‘shni mamlakat ko‘p sohada O‘zbekistonga daxldor: u yerda 200-250 mingdan ziyod mehnat muhojiri va 17 mingdan ortiq o‘zbek talabalari istiqomat qiladi. Bundan tashqari, Qozog‘iston — muhim mahsulotlar eksportida tranzit hisoblanadi. Hozirda Qozog‘iston orqali kiradigan mahsulotlar yetishmovchiligi sezilmaydi, ammo biroz vaqt o‘tgach, bu muammo bo‘y ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.

KXShT masalasi va uning Qozog‘istonga kirishi, mamlakat rahbariyati iltimosiga ko‘ra bo‘ldi va bu biz ahamiyat qaratadigan masala emas, deydi ekspertlar. O‘zbekistonning ushbu tashkilotga daxldorlikni 2012 yilda to‘liq to‘xtatgan. KXShTga kirmaslikning eng asosiy sababi, a’zo davlat o‘z armiyasi ustidan to‘liq nazoratni qo‘ldan yo‘qotadi. Ana shu omil va hech bir harbiy ittifoqqa kirmaslik bo‘yicha doktrina bizning tashqi siyosatimizga katta ta’sir qiladi.

Belarus rahbarining O‘zbekiston bo‘yicha bergan bayonoti ikki tomonlama munosabatga ta’sir qiladimi? Ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekiston Lukashenkoning munosabatini Belarus tomoni, jumladan, belarus xalqiga aloqador ko‘rmaydi va do‘stona aloqalarni saqlash tarafdori. Lukashenko o‘ta o‘zgaruvchan, siyosatda noturg‘un shaxs. Uning dabdurustdan katta majlisda bir mamlakat hayotiga daxldor nozik bayonot berishi siyosiy professionallikning yo‘qligidadir.

Suhbat so‘nggida jurnalist va blogerlar o‘zlari qiziqqan boshqa savollarga ham javob oldilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring