Qozog‘iston internetiga DDoS-hujum uyushtirildi
Bugun, 25-sentyabr kuni «Davlat texnik xizmati» (DTX) internetning Qozog‘iston segmentiga keng ko‘lamli DDoS-hujum uyushtirilganini xabar berdi. Zakon.kz yozishicha, bu aloqa operatorlarining magistral kanallariga yuklanish oshishiga olib keladi.
Ulanishda muammolar toppress.kz, newtimes.kz, sn.kz yangiliklar saytlarida kuzatilgan.
DTX kiberhujumlar bir nechta xorijiy mamlakatdan uyushtirilganini aniqlagan.
Kecha, 24-sentyabr kuni «Qozoqtelekom» keng ko‘lamli kiberhujumlar bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter