Qozog‘iston havosi eng yomon shaharlarini e’lon qildi

Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligining Ekologiyani muvofiqlashtirish va nazorat qilish qo‘mitasi rahbari Zulfiqor Joldasov idora yig‘ilishida mamlakatning havosi eng ifloslangan shaharlarini tilga olib o‘tdi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.
Ekomonitoringga ko‘ra, 2021-yilda Temirtov, Nursulton, Olmaota, Oqto‘be, Atirau, Ust-Kamenogorsk, Qarag‘anda, Balxash, Jezqazg‘an, Chimkent havosi eng yomon top-10 qozoq shaharlari ro‘yxatiga kirdi.
Havoni ifloslayotgan asosiy omillar: Olmaota va Nursultonda — isitish manbalari (IES, qozonxonalar), avtotransport va xususiy sektor; Ust-Kamenogorsk va Temirtovda — sanoat, Oqto‘be va Atirauda — eskirgan kanalizatsiya-tozalash qurilmalari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter