Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston ham lotin yozuviga o‘tishga kirishdi

Qozog‘iston ham lotin yozuviga o‘tishga kirishdi

Foto: «Ztb.kz»

Qozog‘iston Parlament Majlisi (quyi palata) yangi sessiya ishida lotin yozuviga asoslangan qozoq alifbosidan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bergan.

«TASS»ning yozishicha, Majlisdagi yangi sessiya yana bir muhim voqea bilan esda qolarli bo‘ldi: Majlis lotin shriftiga o‘tmoqda. Binodagi barcha yozuvlar va yalpi majlisda so‘zga chiqadigan deputatlarning ism-shariflari lotin yozuvida qayd etilgan. Quyi plata saytining qozoq tilida ma’lumotlar berilgan bo‘limi hozircha kirillchada qolmoqda.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 2017 yil 26 oktyabrda qozoq alifbosini kirilldan lotinga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Hukumatga 2025 yilgacha lotin yozuviga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash topshirilgan.

Yangi alifbo 32 ta harf hamda diakritik (harflar ustidagi) belgilardan iborat.

Qozoq tili Qozog‘istonning davlat tili hisoblanadi. Ayni paytda kirillga asoslangan alifbo amalda. Respublika konstitutsiyasiga muvofiq, davlat muassasalari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida qozoq tili bilan bir qatorda rus tilidan ham rasman foydalaniladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring